Nikita Makarenko, ELEKTROOKO va Jenisbek Piyazovning "Ertangi kun" musiqiy klipida Orol dengizining qaytishi

Oʻzbekistonlik ELEKTROOKO guruhi Oʻzbekiston tarixidagi eng ta’sirchan musiqiy videolardan birini taqdim etadi: “Ertangi kun” qoʻshigʻi uchun suratga olingan klipda Orol dengizining qaytishi.

Videoni oʻzbek-rus va qoraqalpoq-rus tillarida ELEKTROOKOning YouTube kanalida koʻrish mumkin. Videoni shiningdek mahalliy telekanallardagi efirlarda, shu jumladan, bir hafta davomida har soat Uzreport TV kanalida ham koʻrishingiz mumkin.

Loyiha millionlab odamlarning Orol dengizining qaytishi haqidagi katta orzusidan tugʻilgan. Mazkur loyiha ushbu orzuning badiiy-emotsional vizualizatsiyasidir.

Ssenariy muallifi, rejissyor va prodyuser - jurnalist Nikita Makarenko. Bundan avval ELEKTROOKO guruhining "1984" nomli qoshigʻiga olingan klip uning ijodiga mansub. Loyiha Oʻzbekiston Milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

"Biz bu ishga barcha mavjud kuch va resurslarni sarfladik: Orolboʻyi muammosi, iqlim oʻzgarishi va mintaqamizda suvni asrab qolishning ahamiyatiga maksimal darajada e’tibor qaratish uchun jonli, soxtalikdan yiroq san’at asarini yaratishni istadik. Dunyo boʻylab koʻproq odamlarda betakror Qoraqalpoqʻiston, uning xalqi va madaniyatiga qiziqish uygʻonishi va ularda bu yerlarni koʻrish istagi tugʻilishiga umid qilib qolamiz", - deb aytdi Nikita Makarenko.

Musiqiy video Oʻzbekistonning barcha aholisi uchun mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan oʻziga xos sovgʻa boʻladi va BMT Bosh Assambleyasining 2021-yilda Orolboʻyi mintaqasini "Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" deb e’lon qilish haqidagi rezolyutsiyasini qoʻllab – quvvatlaydi.

Ashot Daniyelyanning qoʻshigʻini oʻzbek va qoraqalpoq tillarida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Jenisbek Piyazov, shuningdek, ELEKTROOKO guruhi va Oʻzbekiston Davlat simfonik orkestri ijro etdi. Simfonik versiyaning muallifi - mashhur bastakor Artyom Kim.

Mualliflar uchun Oʻzbekistonning kosmopolitligini namoyish etish maqsadida musiqada bir nechta tillardan iborat polifoniya yaratish muhim ahamiyatga ega edi. Kelajakda gʻarbning "yulduzlari"dan biri ishtirokida klipning ingliz tilidagi versiyasini yaratish rejalashtirilgan.

Videoda qoraqalpogʻistonlik ijod yoʻlini yangi boshlagan va professional aktyorlar, shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Seydulla Moldaxanov ishtirok etdi.

Klip ustida ishlashda, shuningdek, uni suratga olish ishlarida 300 nafardan ortiq kishi bevosita qatnashdi. Mualliflar qoraqalpoq madaniyatini oʻrganishga diqqat bilan yondashib, uni ssenariyda iloji boricha ishonchli tarzda aks ettirishga harakat qildi.

Suratga olish ishlariga tayyorgarlik bir yildan ortiq davom etdi. Suratga olish 2021-yilning iyun-iyul oylarida Qoraqalpogʻistonning ogʻir iqlim sharoitida: Ustyurt platosi, Barsakelmes shoʻrxoki, Qubla-Ustyurt qishlogʻi va Moʻynoq shahrida amalga oshirildi.

Videoklip ijodkorlari Qoraqalpogʻistonga chet eldan eng ilgʻor suratga olish texnikasini olib keldi, shuningdek, Bi-2 guruhi, Eldzhey va Levan Goroziya bilan ijod qilgan mashhur rossiyalik postanovkachi-operator Dmitriy Volmerni ham jalb qildi.

Ushbu klipdagi vizual effektlar ustida prodyusser Azamat Sayfullayev rahbarligida Oxxxymirone, Manizha, Feduk, Skriptonit va boshqa koʻplab ijrochilarning kliplarini yaratishda ishtirok etgan Play Studio ishladi.

Musiqiy videorolik Nikita Makarenko va Oʻzbekiston Milliy kinokomissiyasining keng qamrovli "Orol orzusi" loyihasining boshlanishi hisoblanadi.

Mualliflar va hamkorlar Orolboʻyi muammolarini jahon ommaviy madaniyati sahnasiga olib chiqish, shuningdek, mintaqaning madaniy va intellektual rivojlanishiga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida xuddi shu nomdagi notijorat tashkilotini ta’sis etyapti.

Rejalashtirilgan tadbirlarimiz, jumladan: Nukusda bir nechta yoʻnalishda boʻlib oʻtadigan rang-barang festival, Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq Davlat muzeyida oʻtkaziladigan “Suv haqidagi xotiralar” koʻrgazmasi, Amerika Qoʻshma Shtatlarida o‘tkaziladigan xayriya bali, "Orol Orzusi" mangasini chop etish va boshqa loyihalar.

"Orol orzusi" ning loyihlari va missiyasi bilan Araldream.uz saytida batafsil tanishish mumkin.

"Ertangi kun" klipining ijodkorlari ushbu orzuni amalga oshirishga yordam berganlar:

Bosh hamkor - Zamin fondiga

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga Shuningdek, BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi, BMTning axborot idorasi, BMT TD va Shveytsariyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi hamkorlik boʻyicha Shveytsariya byurosiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

Loyiha hamkorlari - Ayim Tour turizm agentligi va Uzreport TV telekanali.